Toshkent IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati avtomobillari uchun videoregistratorni sinovdan o‘tkazmoqda, deya xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.

U nafaqat mashinadan tashqari, balki patrul avtomobili ichidagi jarayonlarni ham audio va video yozuvini olib boradi. Qayd etish uskunasi muntazam ishlaydi va uskunaga ulanish kodlangan.

«YPX xodimining uni o‘chirib yoqishi, tasvirlarni yo‘q qilishi imkonsiz. Bu esa birinchidan, YPX xodimi ishining shaffofligini ta’minlasa, ikkinchidan xizmat majburiyatlari ijrosini nazorat qilish ishlarini osonlashtiradi», — deyiladi xabarda.