22 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoyguni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Suhbat jarayonida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, jumladan mahkamalararo sherikchilik, ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish, harbiy kadrlarni professional tayyorlash va boshqalarni ko‘rib chiqdi.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning samimiy tabriklari va eng yaxshi tilaklarini yetkazdi.