18 may kuni soat 17:30 da Namangan viloyatining Kosonsoy tumani «Rovot», «Guzar», «Bog‘» «Soybo‘yi», «Xonqurg‘on», «Yangishahar», «Yangiyo‘l», «Qozoqovul» i «Buloqboshi» mahallalari hududida kuchli jalali yomg‘ir yog‘ishi natijasida 543 ta hovli qisman suv ostida qolgan. Bu haqda Faqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mahallar hududidagi irrigatsiya tizimlari ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlarini sig‘dira olmagani sababli quyida joylashgan aholi xonadonlarga suv kirgan. Ijtimoiy soha ob’ektlariga suv kirmagan. Aholini ko‘chirish ishlari talab etilmadi, deyiladi xabarda.

Sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Kosonsoy tumani hokimiyatida FVV, IIV, tuman kommunal xizmatlari va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat shtab tashkil etildi. 42 ta texnika va 240 nafar mutaxassis jalb qilingan.