O‘zbekistonda joriy yil to‘rt oyi davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari 6,5 foizga kamaydi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

2017 yil yanvar-aprel oylarida 163 holat qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida ushbu raqam 153 tagacha kamaygan.

Voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar soni 35,9 foizga (373 tadan 239 tagacha), jinoyatlarda voyaga yetmaganlarning ishtirokchi bo‘lish holatlari 37,9 foizga (466 tadan 289 tagacha) kamaygan.

107 ta holatda erta turmush qurishning oldi olindi, 3 ta erta turmush qurish holati aniqlanib, 7 nafar aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.