Yil boshidan buyon O‘zbekiston bozorlaridagi iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lgan 17,2 tonnaga yaqin go‘sht mahsulotlari, 25,2 tonna sut va sut mahculotlari hamda 87,4 tonna boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari olib qo‘yildi. Bu haqda IIV saytida xabar qilindi.

IIV Patrul-post xizmati bosh boshqarmasining karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘limi hamda Davlat veterinariya qo‘mitasi bozorlar, mol bozorlari va boshqa joylarda 9034 ta maxsus nazorat tadbirini o‘tkazdi. Ularda 4211 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 247,9 mln so‘mlik jarimalar belgilandi.

Yil boshidan buyon faoliyat olib borayotgan 19 ta karantin postida 13,5 mingdan ortiq transport vositalari tekshirilib, 930 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlandi va 43,7 mln so‘mlik jarimalar belgilandi.