O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kubaning Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi aisi Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga Kubada yo‘lovchi samolyotining halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lganligi munosabati bilan maktub yo‘lladi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

«Kuba xalqi uchun ushbu qayg‘uli kunda samimiy ta’ziyamni qabul qilishni va halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdarlik va dalda so‘zlarini, shuningdek, jarohatlanganlarga tezda sog‘ayishlari tilagini yetkazishni so‘rayman», — deyiladi davlat rahbari maktubida.

Juma kuni Gavana yaqinida bortida 110 kishi, jumladan ekipaj a’zolari bo‘lgan Boeing yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Halokatdan uch kishi tirik qoldi, biroq ulardan biri keyinroq vafot etgan bo‘lsa, yana biri shifoxonaga olib borish yo‘lida hayotdan ko‘z yumgan. Faqat bir ayolgina ko‘p sonli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mamlakatda motam e’lon qilindi.