Gazeta.uz va pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda saharlikda tayyorlaniladigan yeguliklar jamlanmasini tavsiya qiladi.
Suli yormasidan bo‘tqaSuli yormasidan bo‘tqa tayyorlab, ichiga yong‘oq, mayiz va asaldan qo‘shsangiz, kun bo‘yi to‘q yurasiz. Aytgancha bizning retseptda uni mikroto‘lqinli pechda tayyorlaganmiz. Agarda sizda bunday pech mavjud bo‘lmasa, unda gaz plita ustida ham pishiravering.
Turkcha quymoq
Dudlangan yoki qaynatilgan go‘sht solib pishirilgan quymoq juda to‘yimli bo‘lib, oqsilga boyligi sabab ham, u qorinni uzoq muddat to‘q tutadi. Bu quymoq ichiga ta’bga qarab ko‘katlar solish ham mumkin.
Tvorogli vareniklar
Sutli mahsulotlar ham saharlik uchun yaxshi taom vazifasini o‘tay oladi. Bunday tvorogli vareniklarни bir kecha oldin tayyorlab qo‘yilsa, saharlikda uni qaynatib olish 10−15 daqiqa vaqtni oladi xolos.
Sabzavotli tartaletkalar
Sabzavotli tartaletkalarни tayyorlash uchun, tayyor oshirma xamirdan foydalaning. Xohishga qarab ularni bir kecha oldin, yoki saharlikda issiqina pishirib olish ham mumkin. Bu ko‘p vaqtni talab qilmaydi.
Quymoqli salat
Sabzavotlar solib bezatilgan quymoqli пирогга kolbasa o‘rniga go‘shtni qaynatib soling va uni bir kecha oldin tayyorlasangiz, ertasi kuni to‘yimli nonushta tayyor bo‘lib, erta azonda bu anchagini mushkulingizni osonlashtiradi.
Lavashdan tayyorlanilgan mazali пишириқTayyor lavashdan tayyorlaniladigan pishiriqlar issiqligida juda ham mazali bo‘lib, sizni qayta va qayta tayyorlashga undashi aniq. Tayyor lavashdan tayyorlaniladigan pishiriqlar mazali bo‘lib, tayyorlanilishi ham juda oson hisoblanadi.
Tvorog va ko‘katlardan somsa
Ko‘katlar va tvorog solib pishirilgan somsaлар uchun ham tayyor qatlamali xamirdan foydalansangiz, anchagina ishingizni osonlashtirgan bo‘lasiz. Bunda ta’bga qarab ichiga ko‘katlarni solishingiz yoki solmasligingiz ham mumkin.
Bundanda ko‘proq mazali retseptlar Zira.uz sahifasida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
O‘zbek tilidagi telegramm kanal: t.me/zirauzuz
Rus tilidagi telegramm kanal: t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat raqami: (+99899) 837−15−15