17 may kuni «Voditeli Tashkenta» Facebook-guruhi foydalanuvchilaridan biri poytaxtdagi piyodalar o‘tish yo‘llaridan birida haydovchilar tomonidan ommaviy tarzda Yo‘l harakati qoidalarini inkor qilingani tasvirlangan videolavhani joylashtirdi.

Videoregistrator yozib olgan videoda Baynalminal ko‘chasida boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish yo‘lagi oldida keksa yoshdagi erkak kishini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biroq qolgan 15 ta avtomobil to‘xtab turgan mashinaga e’tibor qilmasdan, qo‘shni harakatlanish chizig‘idan o‘tib ketadi.

Haydovchi piyodani o‘tkazib yuborish kerakligi haqida ogohlantirish uchun avariya chirog‘ini yoqib, avtomobilni qo‘shni chiziqqa o‘tadi. Mashinalar esa qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib bo‘lsa-da harakatni davom ettiraveradi.

Videoni YouTube orqali ko‘rish

Videoni tarmoqqa joylashtirgan Anton Kudryavsevning «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, u rolikni Toshkent IIBB YHXBga yuborgan. YHXB bizga ushbu holat bo‘yicha aybdorlar jazolanishiga va’da berdi.

«Agar tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki to‘xtasa, qo‘shni bo‘laklarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda (lar) yo‘qligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘nggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin» (O‘zbekiston YHQ).