Ichki ishlar vazirligi haydovchilarni balli tizimda baholashni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i Baxtiyor Inog‘omov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday taklif ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tomonidan Olmazor tumanida aholi bilan uchrashuvda ilgari surildi.

«Biz hozirda balli tizimdagi shunday g‘oyani ko‘rib chiqayapmiz. Haydovchilik guvohnomasida kiritilgan ballar qoidabuzarlik ko‘rinishiga mos ravishda qisqarib boradi. Agarda haydovchida ballar qolmasa, u qaytadan imtihon topshirishiga to‘g‘ri keladi», — dedi u.

IIV bu borada haydovchilarning fikri va g‘oyaga munosabatini o‘rganishni rejalashtirmoqda.