Qashqadaryo viloyatida temir yo‘l kesishmasida elektrovoz Matiz avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etdi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.

YTH 16 may kuni Batosh qishlog‘idan o‘tuvchi «G‘uzor-Qamashi» temir yo‘lining qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘ldi. Haydovchi yaqinlashib kelayotgan poyezdni o‘tkazib yubormagan. U olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Xuddi shunday holat chorshanba kuni Toshkent viloyatining Baytqo‘rg‘on mahallasidan o‘tuvchi «Bo‘zsuv-Oqqovoq» temir yo‘lining 4402-kilometrida qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘ldi. MAN yuk mashinasi haydovchisi tarkibni o‘tkazib yubormasdan harakatlanishda davom etgan va to‘qnashuv sodir etgan. Natijada u hodisa joyida vafot etgan.