AQSHda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan uchrashdi. Ikki davlat prezidentlari uchrashuvi «O‘zbekiston 24» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Qo‘shma Shtatlar prezidentining rasmiy ish o‘rni joylashgan Vashingtondagi prezident qarorgohining g‘arbiy qanoti kirish qismida kutib oldi. Shundan so‘ng rahbarlar matbuot uchun qisqa bayonot berdi.

Video

AQSH rahbari O‘zbekiston Qo‘shma Shtatlar uchun muhim strategik hamkor ekanini ta’kidladi. «O‘zbekiston obro‘si ortib bormoqda. Siz bilan Oq uyda uchrashish biz uchun sharaf», — dedi u. Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorchilik bildirib, AQSH O‘zbekistonni uzluksiz qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidladi.