16 may kuni Buxoro viloyatida KNAUF-listlar ishlab chiqarish bo‘yicha KNAUF liniyasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya vakili «gazeta.uz"ga xabar qildi.

Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, KNAUF Manfred Grundke xalqaro guruhining boshqaruvchi hamkori Manfred Grundke, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld ishtirok etdi.

Rekonstruksiyadan so‘ng gipsokarton KNAUF-listlarni ishlab chiqarish hajmi 30 mln kv.m.dan ortiqni tashkil etadi, ishlab chiqarish liniyasini kengaytirishga investitsiyalar esa 22 mln AQSH dollariga yetadi. Loyihaga kiritilgan qo‘yilmalar hajmi 16 mln dollardan ziyodroqni tashkil etdi. KNAUF kompaniyasining O‘zbekistondagi 20 yildan ortiqroq faoliyati davomida KNAUF kompaniyasi Buxorodagi ikkita korxonaga 75 mln dollar sarmoya kiritdi.

Buxoro viloyatida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshiradi. Buxoro viloyatida KNAUF ishlab chiqarish rivojining keyingi bosqichi yakunlangach, sarmoyalar hajmi 100 mln dollarga yetadi. Yangi ishlab chiqarish liniyasi «KNAUF GIPS BUXORO» hududida quriladi.

Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov o‘z so‘zida zavodning ochilishida ishtirok etgan kompaniya egalaridan biri Nikolaus Knaufga Buxoro zavodi texnologik jihozlanish va ishlab chiqarish sifati bo‘yicha Germaniyadagi KNAUF korxonasidan qolishmasligi uchun minnatdorlik bildirdi. Aripov KNAUF kompaniyasini respublikaning boshqa mintaqalarida ham ishlab chiqarishni boshlashga taklif qilib, yangi loyihalar hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.