O‘zbekiston 18 may kuni Istanbulda o‘tkaziladigan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi. Delegatsiyaga Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev raislik qiladi.

Bu haqda 16 may kuni Tashqi ishlar vazirligi Turkiya elchisi Ahmet Bashar Shenga rasman ma’lum qildi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Interfaks ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya G‘azo sektori chegarasidagi hodisalar munosabati bilan IHTning navbatdan tashqari sammitini chaqirdi. AQSHning Isroildagi elchixonasi Tel-Avivdan Quddus shahriga ko‘chirilganidan so‘ng G‘azo sektori chegarasida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tartibsizliklar chog‘ida turli ma’lumotlarga ko‘ra, 55 dan 60 nafargacha falastinlik halok bo‘ldi, 2000 dan ortig‘i jarohatlandi.