O‘zbekiston 11−16 may kunlari Rossiyada futbol bo‘yicha Mehribonlik uylari o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.

Final uchrashuvida o‘zbekistonliklar Pokiston termasini 6:5 hisobida (asosiy hisob — 1:1) mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston 13 yildan o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqada birinchi marta ishtirok etishi. Guruh bosqichida milliy terma Rossiyani mag‘lub etib (2:0), Pokiston bilan durang o‘ynadi. Futbolchilar chorak finalda Nepaldan (2:1), yarim finalda esa Burundidan (1:0) ustun keldi.

Musobaqada 21 davlatdan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlardan iborat 24 jamoa qatnashdi. Jumladan, Rossiya, Angliya, AQSH, Belarus, Braziliya, Burundi, Boliviya, Misr, Indoneziya, Keniya, Liberiya, Mavrikiya, Meksika, Nepal, Pokiston, Tanzaniya, Tojikiston, Filippin, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Hindiston jamoalari chempionlik uchun kurashdi.

Video