Qahramon Tursunovich Aripov Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlov seshanba kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi hokimiyat matbuot xizmati.

Bunga qadar Qahramon Aripov (1968 y. t., Toshkent moliya instituti bitiruvchisi — 1995) maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari, avvalroq — 2007−2016 yillarda — «Asaka» banki boshqaruvi raisi bo‘lgan.

12 may kuni hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Nozim Husanov Toshkentning Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.