16 may kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Pekinda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining birinchi ayollar forumida ishtirok etdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmat «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

«Ayollar huquqini birlashtirish, umumiy taraqqiyotga ko‘maklashish» mavzusida o‘tkazilgan mazkur forum ochilishida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Tanzila Norboyeva chiqish qildi. Forum qatnashchilari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, gender, ijtimoiy va oilaviy siyosat sohasidagi yutuqlarni amalga oshirishga qaratilgan yirik siyosiy dasturning asosiy qoidalari bilan tanishtirildi.

Forumda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Armaniston, Belarus, Mo‘g‘uliston va Nepal delegatsiyalari ikki tomonlama va mintaqalararo darajada turli sohalardagi ayollar tashkilotlarining holati va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Delegatsiyalar SHHT doirasida mintaqalararo hamkorlikning yangi formatini qo‘llab-quvvatladi.

Tashrif dasturiga Butunxitoy Xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Butunxitoy xotin-qizlar federatsiyasi raisi Shen Yueyue, Ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar, shuningdek, turli sohalarda ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator loyihalar bilan tanishish ham kiritilgan.