14 may kuni 8:30 da Toshkent IIBB Yong‘in xavfsizligi xizmatiga Chilonzor tumanidagi Zargarlik ko‘chasida 94-yo‘nalishda qatnovchi Mercedes-Benz avtobusi yonib ketgani haqidagi xabar kelib tushdi.

IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, yong‘in xavfsizligi xizmati jangovar guruhi hodisa joyiga 8:34 da yetib bordi. Yong‘in 8:42 da to‘liq o‘chirildi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘inga yonilg‘i tizimining nosozligi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirda tekshiruv o‘tkazilmoqda.