Yakshanba, 13 may kuni Toshkentning ko‘plab tumanlarida ko‘chalarda kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli suv to‘planishi kuzatildi. Muammoni hal etish uchun poytaxt hokimiyati huzurida shahar drenaj-lotok tizimi ob’ektlari holatini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhi tuziladi.

Shahar hokimiyati matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, turli tashkilotlar va fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan drenaj lotoklarining yopib qo‘yilishi ham ko‘chalarda ko‘lmaklarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Ishchi guruhi tarkibidan tuman hokimiyatlari, Obodonlashtirish boshqarmasi, «Suvsoz» korxonasi vakillari va ekspertlar o‘rin oladi. Ular vujudga kelgan vaziyatni hal etish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishlari lozim. Bunda dunyoning yirik megapolislarida qo‘llanilayotgan zamonaviy yechimlar ham inobatga olinadi.

Hokimiyat fuqarolarni kamchiliklarni bartaraf etishda shahar ma’muriyati bilan kuchlarni birlashtirishga chaqirdi.

Qayd etish joizki, 2014 yili may oyidagi surunkali yog‘ingarchiliklardan keyin 2015 yil fevralidagi O‘zbekiston hukumati qarori bilan Toshkentda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda yer osti va yer usti suv oqimlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha konsepsiya тасдиқланганэди.