12 may kuni Toshkentdagi «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘ida attraksion to‘xtagandan keyin 11 yoshi bola hushsiz holatda topildi. 2007 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi attraksionda uchish vaqtida xushini yo‘qotgan. Baxtsiz hodisa 21:35 da sodir bo‘ldi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.

Noxush voqea yuz berganidan bir yarim daqiqa ichida bog‘ning tibbiyot xizmati feldsheri bolaga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatdi va bola bog‘ning Tibbiy xizmati punktiga yotqizildi. Soat 22:00da feldsher va bola yaqinlari kuzatuvi ostida 1-shahar kasalxonasiga olib borildi. U yerda o‘lim holati qayd etildi.

«Anhor-Lokomotiv» ko‘ngilochar bog‘i ma’muriyati vafot etgan bolaning ota-onasi va yaqinlariga chuqur hamdardligini bildirdi. Ushbu holat sababli bog‘ hududida 13−15 may kunlari barcha ko‘ngilochar tadbir-dasturlar bekor qilindi.