Toshkent Adliya boshqarmasining yana ikkita davlat xizmatlari markazida 14 maydan eski haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi hujjatlarga almashtirishni boshlaydi, deya xabar qildi poytaxt IIBB YHXB sayti. Ularning manzillari: Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 4a va Uchtepa tumani Farhod ko‘chasi 21. 5 apreldan mazkur xizmatlari Mirobod tumanidagi davlat xizmatlari markazida (Amir Temur ko‘chasi 31) ko‘rsatib kelinmoqda.

Aprel boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev haydovchilik guvohnomalarini davlat xizmatlari markazlari orqali berishni yo‘lga qo‘yish vazifasini topshirgan edi. Bunga qadar guvohnomalar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari tomonidan berilar edi.