14−16 may kunlari O‘zbekistonga Germaniyadan ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng katta ishbilarmonlar delegatsiyasi tashrif buyuradi. Tashrif O‘zbekistonning GFRdagi elchixonasi tomonidan Germaniya iqtisodiyot sharqiy qo‘mitasi va Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, delegatsiya tarkibidan qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, kimyo va elektrotexnika sanoati, qurilish, bank sektori, turizm, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan nemis kompaniyalaridan 70 dan ortiq vakillari o‘rin olgan.

Delegatsiya a’zolari orasida Siemens, MAN, BASF, Nokia, TUI Group, SAP, Knauf, bankov Deutsche Bank i Commerzbank kabi taniqli kompaniyalar, shuningdek kichik va o‘rta biznes vakillari bor.

15 may kuni Toshkentdagi International mehmonxonasida biznes-forum va kooperatsion birja bo‘lib o‘tadi. Xuddi shu kuni Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Keyingi kuni esa delegatsiya a’zolari Buxoro viloyatida Knauf Gips zavodining yangi ishlab chiqarish liniyasining ishga tushirilishida qatnashadi.

Tashrif doirasida Germaniya sanoat zonasini tashkil etish rejalashtirilayotgan sobiq «Algoritm» zavodi hududiga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Delagatsiya a’zolarining O‘zbekiston korxonalari vakillari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan. O‘zaro istiqbolli aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilish maqsadida respublikaning turli hududlariga tashrif buyurish rejalashtirilmoqda.