Behzod Anvarovich Musayev O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar qilindi «Gazeta.uz"ga qo‘mitadan. Behzod Musayev (1973 y. t.) mart oyidan beri DSQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Juma kuni 2004 yildan beri DSQga raislik qilib kelayotgan Botir Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining keksalar va veteranlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.