O‘zbekiston prezidentining 10 maydagi qarori bilan Davron Anvarovich Ismoilov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi AKT vazirligi matbuot xizmati.

Bunga qadar Davron Ismoilov vazirlikning Investitsiyalar va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.