Toshkent IIBB yo‘l-patrul xizmati inspektorlari orasida ayol xodimlar ish boshladi, deya xabar qildi boshqarma matbuot xizmati. Avvalroq ayol xodimlar post-patrul xizmati maxsus patrul xizmati saflarida xizmat qilar edi.

Ayol inspektorlar sinov tariqasida «Toshkent» markaziy vokzali va Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport yaqinidagi ko‘chalarda xizmat qilmoqda. Agarda sinov jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, ayol inspektorlar soni oshiriladi.

Hozirda ikki nafar ayol inspektor hamkasblaridan ishlamayotgan svetofor, tirbandliklar sharoitida yo‘l harakatini boshqarish hamda maxsus avtotransport vositalarini o‘tkazishni o‘rganmoqda.