O‘zbekistonda Ramazon oyining 1- kuni 17 may kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi juma kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Brifingda ta’kidlanganidek, avvalroq Ramazon oyining birinchi kuni 1-kuni 16 mayga to‘g‘ri kelishi haqida xabar qilinib, taqvimlarda ham shu sana belgilangan edi.

Ayni paytda Musulmonlar idorasi Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda va tartibli o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.