Polkovnik Umarxonov Azizxon Sharipxonovich Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV saytida xabar qilindi.

Bunga qadar u IIBB Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

IIV polkovnik Axmuratov Xujamurad Rasulovich Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganini ham ma’lum qildi.