10 may kuni taxminan 19:10 da O‘zbekistonda kuchsiz zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila o‘chog‘i Toshkentdan 520 km janubi-sharqda, ikki kun muqaddam yer silkinishlari kuzatilgan Hindikush tog‘larida joylashgan. Epitsentrda magnituda 6 ni tashkil etdi.

Toshkent, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshida yer osti silkinishlari kuchi 3, Termizda esa 4 balni tashkil etdi.