Samarqanddagi 71-sonli umumta’lim maktabining oltinchi sinf o‘quvchisi ustiga eski darvoza qulab tushishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa 4 may kuni taxminan 12:45 da o‘quvchi maktabning orqa qismidagi darvozadan sakrab o‘tishga uringan vaqtda sodir bo‘ldi, deya xabar qilindi «Xalq ta’limi» facebook-guruhida.

Xalq ta’limi vazirligi ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani, hodisa tafsilotlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini xabar qildi.