O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15−17 may kunlari ilk rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSH hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Vashingtonda davlat rahbari, shuningdek, AQSH Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat prezidentlari «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo‘shma bayonotni imzolashi va turli sohalardagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plamining qabul qilinishi kutilmoqda.