8 may kuni M-39 «Toshkent-Termiz» avtoyo‘lining Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 953-kilometrida sodir bo‘lgan YTH oqibatida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi, bir kishi jarohatlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Sirdaryo viloyatida yashagan Nexia haydovchisi boshqaruv vaqti uxlab qolishi oqibatida avtomobil yo‘l chetida turgan MAN yuk mashinasi tirkamasiga borib urilgan.

Natijada yengil avtomobil haydovchisi va bir yo‘lovchisi hodisa joyida, boshqa ikki yo‘lovchi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. To‘rtinchi yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.