9-may kuni soat 21:00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab O‘zbekiston Milliy bog‘ining “Navro‘z” maydonida bayram salyuti (feyerverki) otiladi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

“Hozirda „Navro‘z“ maydonida to‘plar va salyut qurilmalari uchun maxsus o‘t ochish pozitsiyalari jihozlangan bo‘lib, artilleriya tizimlari va ishga tushirish qurilmalari shay holatga keltirilgan”, — deyiladi xabarda.

Bayramga bag‘ishlab salyut qurilmalaridan jami 42 ta salyut otiladi.