Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida Nanay qishlog‘iga olib boruvchiyo‘ldagi yo‘ldagi nazorat-o‘tkazish punkti olib tashlandi, deya xabar qildi tuman hokimiyati Facebook sahifasida.

Avval xabar qilganimizdek, 2 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Norin tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda go‘zal manzaraga ega qishloqqa kirishdagi cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risida topshiriq bergan edi. Davlat rahbari Nanayda rekreatsiya zonasini tashkil etishni topshirib, viloyatga keyingi tashrifida ushbu qishloqqa borishini aytgan edi.

Matbuot xizmatining qayd etishicha, post topshiriq berilgan kunning ertasigayoq olib tashlandi. Mas’l shaxslar bolalar oromgohi, dam olish zonalari va boshqa ob’ektlarni ko‘zdan kechirishni boshlagan.