Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti ma’muriyati xalqaro yo‘nalishlar aerovokzalida bolalar o‘yin maydonini tashkil etish bo‘yicha takliflar tanlovini e’lon qildi.

20−40 kv. m. maydonni egallovchi bolalar zonasini uchib ketuvchi yo‘lovchilar blokida tashkil etish rejalashtirilmoqda. U 3−10 yoshli bolalarga mo‘ljallanadi. Bunda buyurtmachi har qanday taklif va variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Tanlovda bozorda uch yildan kam bo‘lmagan muddatdan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday milliy tashkilot ishtirok etishi mumkin. Ushbu sohada tajriba va malakali xodimlarning bo‘lishi majburiy talab hisoblanadi. Takliflar 16 mayga qadar qabul qilinadi.