Sherzod Saidjanovich Xidoyatov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida xabar qildi.

Sherzod Xidoyatov bunga qadar Akfa kompaniyalar guruhining qurilish bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. U Toshkent davlat texnika institutini tamomlagan, 1998 yildan 2008 yilgacha Oliy xo‘jalik sudida faoliyat ko‘rsatgan, so‘ngra 2013−2014 yillarda Chirchiq transformator zavodi direktori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz Tashkent city direksiyasi direktori lavozimida ilgari ishlab kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev may oyi boshida Toshkent shahar hokimi v. b. lavozimiga tayinlangan edi.