2−8 may kunlari Jalolobod shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, muzokaralarda davlatlararo chegaraning qolgan uchrastkalarni tavsiflash bo‘yicha ish davom ettirildi.

Ikki mamlakat chegara hududlari aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar yangi chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalasini ham ko‘rib chiqdilar.