Aholidan turli xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish bilan shug‘ullanib kelayotgan UzPaynet kompaniyasi faoliyati tugatiladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanalida xabar qildi. O‘zbekiston prezidentining «Xalq banki va «Mikrokreditbank"ining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"g qarorida bu haqda so‘z boradi.

Xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish borasida har bir o‘zbekistonlikka tanish bo‘lgan PAYNET savdo belgisi 2005 yilda paydo bo‘lgan edi. Tez orada boshqa kompaniyalar ham paydo bo‘ldi, biroq 2009 yil kuzida ularga nisbatan talablarning kuchaytirilishi (ustav fondi hajmi, mamlakat bo‘ylab to‘lov bo‘yicha agentlar soni vahokazo) ularning yopilishiga olib keldi.

O‘sha vaqtda UzPaynet aksiyalari nazorat paketi (62,5 foizi) Xalq bankiga tegishli bo‘lib, kompaniyani yuqori ro‘yxatga olish to‘lovidan (eng kam ish haqining 140 ming barobari) ozod qildi. Hozirda Xalq banki UzPaynet kompaniyasining yagona aksioneri hisoblanadi.

UzPaynet saytidagi bayonotida PAYNET savdo belgisi ostida aholidan xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish davom etishini ma’lum qildi. Ushbu xizmat Xalq banki bo‘linmalarida ko‘rsatiladi.