4 may kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda MSK raisi o‘rinbosarini saylash masalasi ko‘rib chiqildi, deya xabar qildi komissiya matbuot xizmati.

Mazkur lavozimga 2010 yildan buyon O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati hamda jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limiga rahbarlik qilib kelayotgan Rahimova Gulnoza Abdusattorova saylandi.

MSK xabarida qayd etilishicha,Gulnoza Rahimova Toshkent davlat universiteti bitiruvchisi bo‘lib, ko‘p yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.