O‘zbekistonlik professional bokschi Azizbek Abdug‘ofurov (11−0−0, 4 KO) 76,2 kg gacha vazn toifasida rossiyalik Dmitriy Chudinvni (21−3−0, 13 KO) mag‘lubiyatga uchratib, Jahon boks kengashi kumush kamari sohibiga aylandi. Jang shanba kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida boks kechasi doirasida o‘tkazildi, deya xabar qildi MOQ matbuot xizmati.26 yoshli o‘zbek bokschisi Jahon boks uyushmasi versiyasi bo‘yicha sobiq vaqtinchalik jahon chempioniga qarshi ringga ko‘tarildi. 12 raundlik jangda Azizbek Abdug‘ofurov ochkolar bo‘yicha 118/110, 118/110, 117/111 hisobida ustun keldi. U raqibiga nisbatan harakatchan, tezkorroq va aniqroq zarbalar berdi.

Azizbek Abdug‘ofurov hisobida 11 g‘alaba (4 nokaut) va bir mag‘lubiyat mavjud. Havaskorlar o‘rtasida u to‘rt karra O‘zbekiston chempioni, Jahon universiadasi finalchisi va jahon chempionati chorak finalchisi. Professional ringdagi debyut jangini 2016 yil may oyida boshlagan.

Video