Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayev dushanba kuni sud zalidan ozod qilindi. Ularning uch nafari — Nasriddinov, Olloyorov va Salayev to‘liq oqlandi, sud ularga nisbatan jinoiy ishni to‘xtatish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Bobomurod Abdullayevga nisbatan ayblov Jinoyat kodeksining 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismidan xuddi moddaning 3-qismi «b» bandiga qayta toifalandi.

Sud uni aybdor deb topdi va oylik maoshining 20 foizi ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi. Bobomurod Abdullayevning hisda 221 kun bo‘lganiga e’tibor qaratilib, ushbu muddat olib tashlandi. Shunday qilib, bir yildan ko‘proq axloq tuzatish ishlari qoladigan bo‘ldi.

Sud O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatini tergov jarayonida tezkor xodimlar va Nodir To‘raqulov boshchiligidagi tergov guruhi xodimlari tomonidan sodir etilgan kamchiliklarga diqqat qaratishga chaqirilgan alohida ajrim ham qabul qildi. Ajrimda xizmat tekshiruvini o‘tkazish va Jinoyat-professual kodeksiga qat’iy rioya etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi haqida so‘z boradi.

Yangilik to‘ldirilmoqda.