«Gazeta.uz» va Zira.uz pazandachilik sahifasi o‘quvchilarga sotuvga qo‘yilgan yangi mahsulotlar to‘g‘risida so‘zlab beradi.

Orom echki sut mahsulotlari

Toshkent savdo shoxobchalarida aylanib yurib, peshtaxtalardagi echki sut mahsulotlariga ko‘zingiz tushishi mumkin. Mahsulot hajmi 450 grammni tashkil qilib, o‘zimizning O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan. Qadog‘ida yozib qo‘yilganidek, mahsulot 100% tabiiydir.

Pure Milky saryog‘i

Pure Milky saryog‘i zar qog‘ozli o‘ramda bo‘lib, mahsulotning og‘irligi 200 grammni tashkil qiladi. Saryog‘ och sariq rangda bo‘lib, yoqimli hidga ega. Saryog‘ ta’mi ham yoqimli bo‘lib, sho‘r emas. Saryog‘ni nonga surtish ham qulay bo‘lib, bo‘linib yoki maydalanib ketmaydi.

Matti`dan Muesli batonchalari

Muesli plus batonchalari foydali va mazali shirinlik bo‘lib, sotuvda ularning 3 xili mavjud. Ular quyidagilardir: «yong‘oqli miks», «kakos» va «shokolad». Bir dona batonchaning og‘irligi 24 gramm.100 gramm mahsulot 390 kKalni tashkil qiladi.

Parmigiano Reggiano parmezan pishlog‘i

Parmezan italyancha mashhur qattiq pishloqlardan biri bo‘lib, u uzoq vaqt davomida tayyorlaniladi. Haqiqiy parmezan faqatgina quyidagi masallilardan tashkil topadi: sut, tuz, shirdon suvi. Mahsulot qadog‘ining ikki tomonida DOP belgisi (Denominazione di Origine Protetta) bo‘lib, bu uning haqiqiyligini bildiradi.

Essi`dan Premium saryog‘i

Essi saryog‘i och sariq rangda bo‘lib, uni savdo peshtaxtalaridan topish qiyin emas. Chunki qora rangda qadoqlangan bu mahsulot darrov e’tiborni tortadi. Mahsulotning og‘irligi 200 grammni tashkil qiladi. Mahsulot tarkibi uning qadog‘ida yozib qo‘yilgan: faqatgina tabiiy pasterizatsiya qilingan qaymoqdan tayyorlangan.

Algida`dan «Keyif» muzqaymog‘i

Turkiyada ishlab chiqarilgan Algida`dan «Keyif» muzqaymog‘i birdaniga 3 xil ta’mli muzqaymoqlardan tashkil topgan. Muzqaymoq mayin bo‘lib, shakari o‘rta me’yorda. Qulupnay ta’mlisi esa biroz nordonroq. Mahsulot og‘irligi 735 grammni tashkil qiladi. 100 gramm mahsulot quvvati 160 kKal ni tashkil qiladi.

Vebsayt: zira.uz
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram o‘zbek tilida: t.me/zirauzuz
Telegram na russkom yazыke: t.me/zirauz
Telegram guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15