1170 nafardan ziyodroq Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi iste’moli uchun 300 ming so‘mlik to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi guvohnomalar topshirilmqda.

O‘zA xabariga ko‘ra, davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan sertifikatlar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan tarqatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi doirasida urush qatnashchilariga 5 mln so‘mdan bir martalik mukofot berilmoqda.