O‘zbekiston FVV 2 may kuni Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan ikki fuqaro shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi.

Chorshanbaga o‘tar kechasi (2:39 da) G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Akjaik tumanida «Uralsk-Atirau» avtomobil yo‘lining 171-kilometrida Rossiya davlat raqamidagi Setra avtobusi va O‘zbekiston raqamidagi MAN yuk avtomobili to‘qnashuvi sodir bo‘ldi.

Avariyada mashinalar haydovchilari — Nematov Olim Inoyatovich (1978 y. t., yuk mashinasi haydovchisi, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Furqat ko‘chasi manzilida istiqomat qilgan) va G‘afurov Farid Taxirovich (1975 y. t., avtobus haydovchisi, Samarqand shahri Xumoyun ko‘chasida yashagan).

O‘zbekiston IIV va FVV O‘zbekiston elchixonasi bilan birgalikda halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelishni tashkillashtirmoqda.