O‘zbekiston Moliya vazirligi 2 may kuni Toshkent IESning poytaxt viloyati Qibray tumani uchun ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasiga yangi tariflarni tasdiqladi. U 17 maydan kuchga kiradi.

Barcha iste’molchilar, jumladan ulgurji iste’molchi-qayta taqsimlovchilar va issiqxona xo‘jaliklari uchun «Issiqlik manbai» korxonasidan tashqari issiq suv va bug‘ uchun yangi tarif 1 Gkal uchun 66888 so‘m (jorif tarif -62600 so‘m) etib belgilandi. «Issiqlik manbai» korxonasi uchun 1 Gkal narxi 63272 so‘m (jorif tarif -57520 so‘m) bo‘ladi.

Yangi tariflar 2 maydan kuchga kirishi munosabati bilan 2017 yil 29 dekabrdagi tariflar o‘z kuchini yo‘qotadi.