«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 1 maydan Il-114−100 turiga mansub samolyotlardan foydalanishni to‘xtatdi.

MAK matbuot xizmatining xabar qilishicha, qaror havo kemalari parkini bir xillashtirish, aviakompaniya qatnovlari samaradorligi va rentabelligini oshirish maqsadida qabul qilindi.

Barcha oltita samolyot sotuvga qo‘yiladi. Il-114−100 uchuvchilari Boeing va A320 havo kemalarini boshqarish bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilib, o‘qitiladi.

Aviakompaniya Il-114−100 samolyotlaridan respublika ichidagi yo‘nalishlarda foydalanib kelayotgan edi.