Xitoy O‘zbekistondan import qilinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari assortimentini 2 tadan 12 tagacha ko‘paytirishi mumkin, deya xabar qildi «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi «Gazeta.uz"ga.

Hozirda O‘zbekiston XXRga ikki nomdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti — gilos va mosh yetkazib bermoqda. 26−30 aprel kunlari XXR karantin xizmati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Xitoy tomoni qovun, uzum, anor, o‘rik, nektarin, olxo‘ri, xurmo, anjir, limon va yeryong‘oq importini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Tomonlar hamkorlikdagi laboratoriya tashkil etish hamda o‘zbek eksportchilari uchun «yashil yo‘lak» ochib berish masalalarini muhokama qilishdi.

Xitoy delegatsiyasi karantin xizmatlari o‘rtasidagi kelishuv va boshqa hujjatlarni imzolashni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.