Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar termasi 19−28 aprel kunlari Bangkokda (Tailand) bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida sakkiz medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqada 35 davlatdan sportchilar qatnashdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Boks federatsiyasi.Bokschilar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Abdumalik Xaloqov 56 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi. U III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Samandar Xolmurodov (52 kg gacha), Timur Merjanov (81 kg gacha), Javohir Tog‘aymurodov (91 kg gacha) va Jjamshidbek Mahmadaliyev (+91 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Mahliyo Rahimova (60 kg gacha), Jahongir Rahmonov (69 kg gacha) va Navo Tamazov (75 kg gacha) uchinchi o‘rinni egallab, bronza medallari bilan taqdirlandi.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston bokschilari to‘rtinchi o‘rinni (1−4−3) egalladi. Kuchi uchlik Qozog‘iston (10−4−4), Tailand (4−3−4) va Hindistonga (3−4−4) nasib etdi.

Qayd etish joizki, mazkur musobaqada O‘zbekistondan 15, Qozog‘istondan — 20, Tailanddan — 12, Hindistondan — nafar bokschi ishtirok etdi.