O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Buxoroga tashrif buyurdi. davlat rahbari Buxoro xalqaro aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anni kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdog‘an Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. Qur’on tilovat qilindi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Oliy martabali mehmonga uning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, «Ko‘ngling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» degan g‘oyaning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.

Turkiya prezidenti O‘zbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, xalqimiz tarixi va ma’naviyatiga hurmati balandligini ta’kidladi.