O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Buxoroda Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Ikki davlat rahbari mamlakatdagi eng qadimiy va yirik jome’ masjidlaridan biri bo‘lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi.

Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo‘zlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Shu bilan Turkiya prezidentining safari yakuniga yetdi. Buxoro xalqaro aeroportida uni prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.