Dushanba kuni Kobulda sodir etilgan ikki portlash oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ziyod kishi jarohatlandi, deya xabar qildi RIA Novosti TOLOnews telekanaliga tayangan holda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi portlash mototsikldagi terrorchi xudkush tomonidan sodir etilgan. Ikkinchi portlovchi qurilma ham xuddi shu hududda xudkush tomonidan jurnalistlar va shoshilinch yordam xizmatlari yetib kelgan vaqtda harakatga keltirilgan.

Ikkinchi portlash natijasida 9 nafar jurnalist va operator, jumladan Frans Press agentligi fotosuratchisi, ikki nafar 1TV afg‘on telekanali xodimi (muxbir va operator), «Ozodlik» Radio xizmati afg‘on bo‘limining ikki operatori hamda TOLOnews va Al Jazeera telekanallari jurnalistlari bo‘lgan.

Hodisalar uchun javobgarlikni «Islom davlati» terroristik guruhi o‘z zimmasiga oldi.