O‘zbekiston davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Turkiya Energiya va tabiiy resurslar vazirligi mineral resurslarni o‘rganish va tadqiq qilish Bosh boshqarmasi «Xurob» va «Aydim-Jetimtou» oltin maydonlari hamda Saritou konining geologik jihatdan o‘rganishni kelishib oldi.

Geologiya qo‘mitasidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, bu boradagi bitim dushanba kuni O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdo‘g‘onning muzokaralari doirasida imzolangan.

Geologik tadqiqot ishlari joriy yildanoq boshlanishi kutilmoqda. «Xo‘rob» (Jizzax viloyati) va Aydim-Jetimtau (Navoiy viloyati) oltin konlarining zaxiralari hali o‘rganilmagan. Saritou konidagi volfram zaxirasi miqdori 740 ming tonnaga, molibden — 24 ming tonnaga, oltin esa 75,2 tonnaga baholangan.

Uchta ob’ektni tadqiq etish uchun uch yil davomida 5 million dollar sarflanadi. Investitsiyalar Turkiya tomonidan geologiya qidiruv ishlarining natijalari asosida amalga oshiriladi.